Sun’iy intellekt aholi bandligiga ko'maklashmoqda

Qashqadaryo viloyatida mahalliy hokimlik mutasaddilari, “AloqaBank” rahbariyati hamda xorijiy mutaxassislar hamkorligida istiqbolli loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida mahallalarning iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlari, ishsiz aholining qiziqishlari va kasbiy ko‘nikmalari Sun’iy intellekt (SI) tahlillari asosida o‘rganilmoqda. Tahlil natijalariga tayangan holda ishsiz hamda daromadi past fuqarolar uchun eng maqbul bandlik yo‘nalishi va barqaror daromad manbalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Asosiy maqsad:

  • Hududni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish;
  • Aholining biznes va tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
  • Viloyat aholisining turmush farovonligini oshirish va barqaror daromad manbaini yaratish.

Zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan ushbu ishlar hududda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.

  9b3a369c-80e4-40b5-8301-620eabc21669