24 Avg 2026
AloqaBank Silk Road Forum-2026 tadbirida qatnashmoqda
CAEx majmuasi bugun moliya va texnologiyalar markaziga aylandi — bu yerda Markaziy bank boshchiligida Silk Road Finance & Technology Forum 2026 bo‘lib o‘tmoqda. 24-26-avgust kunlari ushbu forumda AloqaBank jamoasi biznes va xususiy mijozlar uchun mo‘ljallangan eng qulay raqamli xizmatlarini taqdim etmoqda.
Tadbirkorlar bilan tajriba almashish, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va raqamli imkoniyatlarni ko‘rsatish bankning ustuvor maqsadlaridan biridir.