18-yanvar kuni Startup Garage loyihasini Surxondaryo Termiz filiali tantanali ravishda ochildi. Startup Garage innovatsion markazining yangi filiali ochilishidan asosiy maqsad yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarni rivojlantirish va IT eksport imkoniyatlarini oshirishdan iborat. Marosim dasturi: - Startup Garage tomonidan startaplarga yaratiladigan imkoniyatlar va ko'rsatiladigan xizmatlar taqdimoti; - AloqaVentures (https://www.aloqaventures.uz/) vakillari tomonidan investitsiya jalb qilish imkoniyatlari va hamkorlik shartlari bo'yicha ma'lumotlar; - Muvaffaqiyatga erishgan startap asoschilarining tajriba almashinuvi; - Startup Garage rezidenti bo'lishni istagan startaplar uchun pitch sessiyasi; - Soha mutaxassislari, startaplar, tadbirkorlar va mehmonlar bilan networking. Taqdimot yakunida rezidentlikka qabul qilingan startap asoschilariga maxsus sertifikat topshirildi. Ushbu sertifikat ularga markazda bepul o‘qish, mentorlik dasturlarida ishtirok etish va startap rivojlantirish bo‘yicha ko‘mak olish imkoniyatini taqdim etadi.