AloqaVentures hamda Startup Garage ishtirokchi sifatida qatnashmoqda. Web Summit Qatar 2025 – Doha shahridagi Ko'rgazmalar va Konventsiya markazida (DECC) bo'lib o'tadigan muhim texnologiya sammiti bo'lib ushbu tadbir tadbirkorlar, investorlar va texnologiya yetakchilari uchun global miqyosda "networking", hamkorlik qilish va kelajak texnologiyalari va innovatsiyalari bilan yaqindan tanishish uchun muhim platforma hisoblanadi. Startup Garage loyihasining sammitda qatnashish asosiy maqsadi – mahalliy startaplarni xalqaro ekotizimga bog‘lash, ularning global bozorga chiqishiga ko‘maklashish va MENA mintaqasida mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdir. Sammitga tashrif buyurgan barcha ishtirokchilarni Startup Garage stendida kutib qolamiz! Booth A317 da bizni toping va yangi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun biz bilan bog‘laning! #StartupGarage #MENA #Innovatsiya #Startaplar #WebSummitQatar