Bugungi kunda startaplar dunyosida muvaffaqiyatga erishish uchun faqat g‘oya yetarli emas. Muhim jihatlardan biri – bilim va tajriba. Shu maqsadda AloqaBank va AloqaVentures tomonidan Startup Garage loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyiha doirasida maxsus platforma ham ishga tushirildi, bu esa startapchilar va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Platforma startaplar uchun maxsus onlayn kutubxona taqdim etadi, unda tematik kitoblar jamlanmasi joylashtirilgan. Ushbu kitoblar tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, biznes-modelni ishlab chiqish, marketing strategiyalarini shakllantirish va samarali savdo usullarini o‘rganish bo‘yicha muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Startapingizni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun quyidagi kitoblarni albatta o'qib chiqing: — "Startup yo‘li"; — "Startaplar uchun samarali biznes modeli"; — "Startaplar uchun asosiy marketing strategiyalari"; — "Startaplar uchun mukammal sotuv qo‘llanmasi" ; — "Venture Mindset". Ushbu kitoblarni mutlaqo bepul Startup Garage mobil ilovasi orqali o‘qishingiz mumkin. Ilovada, shuningdek, startap sohasi bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar, foydali videolar va eksklyuziv materiallar jamlangan. Ilovani yuklab oling va biznesingizni keyingi bosqichga olib chiqing! Google Play (Android) App Store (iOS) (https://onelink.to/kkw5hw) Kelajak startaplari bugundan boshlanadi! Startup Garage bilan bilimlaringizni oshiring va innovatsion tadbirkorlik olamiga qadam qo‘ying!