
3 Mar 2025
AloqaBank xodimlari uchun dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bankning Bosh ofisi hamda hududiy tarkibiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida mini-futbol (futzal) bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2011-yildan boshlab AloqaBank xodimlari o‘rtasida mini-futbol (futzal) bo‘yicha an’anaviy musobaqalar o‘tkazib kelinadi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan ushbu musobaqada jami 16 ta jamoa qatnashdi. Final natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni — “Chempion” jamoasi (Bosh ofis);
2-o‘rinni — “Toshkent viloyati” jamoasi (Toshkent viloyati HKXKM);
3-o‘rinni — “Mirobod” (IT Park HKXKM) va “Kredo” jamoalari (Bosh ofis) egalladi.