Toshkent shahrida joylashgan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari bo’lib o’tgan edi va ushbu tanlov yakuniy natijalariga ko'ra faol qatnashgan AloqaBank hodimlari taqdirlandi. Tadbirda O’zbekistonning barcha tijorat banklari vakillari, shu jumladan, AloqaBank jamoasi ham faol ishtirok etib, quyidagi sinovlarni uddaburonlik bilan bajarishdi: - Turgan joydan uzunlikka sakrash; - Yugurish (200m, 600m, 1000m, 3000m) - Qo‘llarni cho‘zib turib-o‘tirish; - Arg‘imchada sakrash; - Gimnastika urindigiga tayangan xolda kullarni bukib yozish; - Yerga tayanib qo‘llarni bukish va boshqa turli xil mashqlar. Sport tadbirida ishtirok etish AloqaBank jamoasi uchun nafaqat sog‘lom turmush tarziga intilishning ifodasi, balki jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlash imkoniyati bo‘ldi.