2024 yil 26-sentabr kuni Samarqand HKXKMda AloqaBank rahbariyati viloyat tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi bank va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi yangi imkoniyatlar haqida axborot berishdan iborat bo‘ldi..

Uchrashuv davomida AloqaBank tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun taqdim qilinayotgan kredit mahsulotlari haqida ham maʼlumotlar berildi. Bank tomonidan taqdim etilgan yangi kredit dasturlari kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, mijozlar ulardan foydalanib, o‘z bizneslarini rivojlantirishda yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin. Shuningdek tadbir ishtirokchilarga “AloqaBusiness” mobil ilovaning taqdimoti o'tkazildi.

Ilovaning yangilangan funksiyalari yordamida mijozlarimiz o‘z bizneslarini yana-da samarali va masofadan turib (onlayn) boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xususan, turli to‘lovlarni amalga oshirish, hisob-kitoblarni boshqarish va bankning boshqa xizmatlaridan masofadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bundan tashqari, uchrashuvda tadbirkorlar uchun joriy qilinayotgan xizmat — faktoring haqida maʼlumotlar berildi. Bank tomonidan taqdim etilgan ushbu xizmat tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘lar yetishmovchiligini bartaraf etish imkonini yaratadi.

Ma’lumot uchun, faktoringning asosiy afzalliklari: 

  • - aylanma mablag‘lar muammosini hal qilish; 
  • - shartnomalar asosida qarzlar yig‘ilishini kamaytirish; 
  • - moliyaviy operatsiyalarni tezlashtirish.

AloqaBank innovatsion xizmatlari va moliyaviy yechimlari bilan tadbirkorlik faoliyatini yana-da rivojlantirishga doim harakat qiladi va yangi mahsulotlar taqdim etishda davom etadi.

715fcfcf-6671-4a92-91a7-04c13886f30a.jpg

212ef2c0-be15-456f-a1c4-f96a1f7d01c3.jpg

5c4a30d3-0ed9-4940-8cd7-31c978001e68.jpg