AloqaBank tomonidan joriy yilning 10-21 fevral kunlari HKXKM Chakana biznes bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, Chakana biznes bo‘lim boshliqlari hamda barcha KXKM rahbarlari uchun kasbiy malakalarini oshirish maqsadida bosqichma-bosqich maxsus o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi bank boshqaruvining samaradorligini oshirish, transformatsiya jarayonlarini muvaffaqiyatli tatbiq etish hamda raqamli kanallar orqali bank mahsulotlarini sotish jarayonini samarali tashkil qilish masalalariga qaratildi.

Mazkur o‘quv-seminar AloqaBankning yetakchi mutaxassislari va bank sohasi bo‘yicha ekspertlar tomonidan olib borildi. Shuningdek, ishtirokchilar zamonaviy bank boshqaruvi, innovatsion moliyaviy texnologiyalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimidagi o‘zgarishlar bo‘yicha muhim bilim va tajribalarga ega bo‘ldilar.