Qashqadaryoda “Dolzarb 40 kunlik”
Respublika boʻylab barcha mahallalarni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va hududlar infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qashqadaryo viloyatida Mahalliy hokimlik, Respublika tashkilotlar vakillari hamda AT “Aloqabank” rahbarlari hamkorligida mazkur loyiha doirasida quyidagi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda:
Mahallalarda “Yangi Oʻzbekiston” nafasi: Hududlarda keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilib, mahallalarning meʼmoriy qiyofasi yangilanmoqda. Maqsad — aholi uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratish.
Istiqbolli biznesga koʻmak: Yuqori qoʻshilgan qiymat yaratadigan va eng muhimi — yangi ish oʻrinlari taqdim etadigan samarali tadbirkorlik loyihalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga koʻmaklashish.
Sunʼiy intelekt va innovatsion yondashuv: Endilikda mahallalarning “oʻsish nuqtalari” (drayverlari) sunʼiy intelekt tahlili asosida aniqlanmoqda! Bu orqali har bir hududning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, tadbirkorlik harakatlariga aniq turtki berish va koʻlamini kengaytirish nazarda tutilgan.
“Tayanch mahalla” loyihasi, yangicha yondashuv: Tanlab olingan tayanch mahallalar orqali unga yondosh boʻlgan boshqa mahallalarni ham har tomonlama oʻstirish maqsad qilingan. Bunda asosiy eʼtibor infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlik muhitini shakllantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan.
Yurtimiz taraqqiyoti va mahallalarimiz obodligi yoʻlidagi bunday yangilanishlar davom etadi! Obodlik va farovonlik oʻzimiz yashab turgan mahalladan boshlanadi.