Qashqadaryoda asalarichilik — iqtisodiy drayver!

Viloyatda qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish va asal mahsulotlari qiymatini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar salmoqli. Bugun ixtisoslashtirish mumkin boʻlgan mahallalarda ushbu sohani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yorqin misol — Paxtaobod mahallasi. Mahalla fuqarosi Abdurahmon aka oʻz xonadonida asalarchilikni yoʻlga qoʻyib, nafaqat daromadini oshirmoqda, balki hududda ushbu sohani rivojlantirishga munosib hissa qoʻshmoqda.

Asalni shunchaki xomashyo shaklida emas, balki qoʻshimcha qiymat zanjiri asosida qayta ishlash, sifatli qadoqlash va tayyor mahsulot sifatida bozorgacha yetkazish daromadni bir necha barobarga oshirish imkonini beradi.

Undagi asosiy ustuvor yoʻnalishlar:

  • ???? Ixtisoslashuv: Paxtaobod kabi imkoniyati yuqori mahallalarda asalarchilik xoʻjaliklarini kengaytirish;
  • ???? Qoʻshimcha qiymat: Mahsulotni sifatli qadoqlash, brendlash va bozor xaridorgirligini oshirish;
  • ???? Iqtisodiy samara: Aholi bandligini taʼminlash va mahalliy eksport salohiyatini kuchaytirish.
  acee489f-7748-4fb7-8902-4a9d604caa2d f064dc10-a207-4f04-8231-62e4f6d59e88   89a5c602-0485-4045-b7a2-75d8b55067ec.  

45754a81-b1b3-43b9-804d-77130d9972a8  2e9490c3-545c-47de-bbd9-e618dddf6516