22 Apr 2025
Kelajak – bilimli va faol yoshlar qo‘lida!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli Farmoni — “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi asosida Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida (TIFT) “Karyera kuni” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda AloqaBank jamoasi ham faol ishtirok etdi. Bank vakillari talabalar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularni bankdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot imkoniyatlari va zamonaviy bank mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, talabalar uchun foydali maslahatlar, yo‘l-yo‘riqlar va real ish bozoridagi talablar haqida batafsil tushunchalar berildi.
TIFT — dunyoning Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Italiya, Chexiya, Ozarbayjon va boshqa davlatlaridagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilayotgan, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rin egallagan universitet hisoblanadi. Aynan mana shunday ochiq muloqot va amaliy yondashuvlar orqali yoshlar o‘z karyeralarini to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniga ega bo‘lishmoqda.