Loyiha asoschilari, iqtisodiyot fanlari doktori – Botir Qobilov va Viskonsin universiteti tadqiqotchisi, fan doktori – Behzod Hoshimov qatnashdilar. Mazkur uchrashuv bankning innovatsion texnologik yutuqlari va natijalarini aks etgan taqdimot bilan boshlandi. Shuningdek, ekskursiya davomida ishtirokchilar bankning zamonaviy yondashuvi bilan tanishib, yangiliklar haqida ma’lumot oldilar. Shundan so‘ng, podkast yozilishi amalga oshirildi, bu jarayon ishtirokchi tomoshabinlar uchun katta qiziqish uyg‘otdi.

Jonli uchrashuv davomida tomoshabinlar moliyaviy savodxonlik masalalari ko‘tarilganligini yuqori baholadilar va yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar. Podkast yakunida barcha mehmonlar o‘zaro muloqot qilish imkoniyati bilan birgalikda AloqaBank tomonidan taqdim etilgan ajoyib sovg‘alarga ega bo‘lishdi. Eng yaxshi sovg‘a sifatida taqdim etilgan kitob mehmonlar uchun muhim bilim manbai bo‘lib, moliyaviy savodxonlik va iqtisodiyot bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Ushbu podkast yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish va ularni iqtisodiyotga qiziqtirish maqsadida tashkil etilganligi bilan alohida ahamiyatga ega.

30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan bu uchrashuv  ayniqsa dolzarb bo‘ldi. AloqaBank yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratish va ularning rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bank yoshlarning kelajagi uchun muhim bo‘lgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!