Dunyodagi yetakchi innovatsion platformalardan biri - startaplar, korporatsiyalar, venchur kapital firmalari, universitetlar va davlat muassasalarini birlashtiradigan Plug and Play ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Plug and Play Tech Center hamkori Sasha Karimpur, Plug and Play Uzbekistan asoschisi va direktori Feliks Lammers hamda AT "Aloqabank" Boshqaruv raisi oʻrinbosari Farrux Maxkamov va "Raiffeisen Bank” kabi xorijiy hamkorlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mehmonlar bilan birgalikda FinTech va InsurTech panel muhokamalari bo'lib o'tdi. Muhokamalarda tashrif buyurgan mutaxasislar faol qatnashib o'z tajriba va malakalarini hamkorlar bilan o'rtoqlashdilar.

AT "Aloqabank" jamoasi Plug and Play boshlagan faoliyatiga ulkan omad va samarali natija yor bo'lishini tilab qoladi!


photo_2023-05-07_22-48-13
photo_2023-05-07_22-48-17

photo_2023-05-08_10-35-52