Uchrashuv AloqaBank Korporativ biznes blok rahbari O.Tursunov hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori E.Tulyakov boshchiligida o'tkazildi. Mazkur uchrashuv maqsadi xodimlarni “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasining asosiy yoʻnalishlari va vazifalari bilan tanishtirish, strategiyaning mazmunini chuqurroq tushuntirish va uning ahamiyatini yetkazishdir.

“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi, mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash va xalqaro maydonda raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan keng qamrovli reja hisoblanadi. Ushbu strategiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun barcha sohalarda hamkorlik va birlashish talab etiladi.

Mazkur ilmiy-muhokama tadbiri, xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularning strategiyani toʻlaqonli anglashlariga va uni amalga oshirishda faol ishtirok etishlariga yordam beradi.