12 Fev 2025
AloqaVentures, Startup Garage va Silkroad Innovation Hub hamkorlikda startap ekotizimini rivojlantirish va ularni xalqaro maydonga olib chiqish bo‘yicha strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Mazkur hamkorlik O‘zbekiston startaplari uchun AQSh bozoriga chiqish imkoniyatini yanada osonlashtiradi.
Hamkorlik qanday imkoniyatlar yaratadi?
-Startaplarni shakllantirish va rivojlantirish
-Xalqaro bozorga chiqish va investorlar bilan ishlash
Startaplar uchun muhim jihati?
- AQSh bozoriga moslashish imkoniyati va xalqaro miqyosda rivojlanish sharoiti;
- Mahalliy va global investorlarni jalb qilish;
- Innovatsion ekotizim ichida o‘sish va tajriba almashish.
Ushbu hamkorlik tashkilotlarning kuchli tomonlarini birlashtirib, startaplarga har tomonlama qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etadi.
Ma’lumot uchun:
Silkroad Innovation Hub – bu innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, startaplarni rivojlantirish va tadbirkorlik ekotizimini shakllantirishga qaratilgan markazdir. U yerda startaplar va innovator investorlar, mutaxassislar va biznes hamkorlari bilan aloqalar o‘rnatish, yangi mahsulot va yechimlar ustida ishlash uchun zarur bo‘lgan resurslar va platformalarni topishlari mumkin. Markazning maqsadi – mahalliy va mintaqaviy innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash orqali global bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishdir.