AT «Aloqabank» rasmiy ambassadori — Nodirbek Аbdusattorov Bundesliga doirasida «SC Viernheim» jamoasi tarkibida 2 ta bahsda ishtirok etdi. Birinchi o'yinda ispaniyalik Valyexo Pons bilan durang o'ynagan bo'lsa, ikkinchi bahsda mezbon Yaroslav Krasoviskiyni mag'lubiyatga uchratdi.
Ma’lumot uchun, Jahon shaxmat federatsiyasining (FIDE) har oy e’lon qiladigan reytingida ayni damda Nodirbek Abdusattorov TOP-100 talikda 19-o‘rindan joy olgan.
Shuningdek, 20 yoshgacha bo‘lgan rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha TOP-100 talikda ham Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rinni egallab turibdi..
Hurmat bilan AT «Aloqabank» jamoasi.