12 Dek 2024
Aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish maqsadida Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida AloqaBank ko'magida muhim loyiha amalga oshirildi. "Zarbdor" tajribasi asosida tashkil etilgan mazkur loyiha uchun Axmedov Abduxoshim xonadoni — "namunali xonadon" sifatida tanlab olinib, bir qator ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Xonadon tomorqasida issiqxona tashkil etilib intensiv bog‘ yaratildi, unda sabzavot, ko‘katlar, limon, qulupnay, golubika kabi rezavor mevalar va hosildor ekinlar yetishtirilmoqda. Shuningdek, tomorqadan olingan daromad xonadon egalariga yangi imkoniyatlar yaratdi. Issiqxona orqali topilgan mablag‘lar evaziga chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda mazkur xonadon nafaqat iqtisodiy barqarorlikka erishgan, balki qishloq aholisiga namunaviy loyiha sifatida xizmat qilmoqda. AloqaBank tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan shu kabi loyihalar boshqa hududlarda ham keng ko'lamda foydalanishi kutilmoqda.