6 May 2025
Moliyaviy savodxonlik – zamonaviy yoshlarning zarur ko‘nikmasi.
Global Money Week doirasida yosh avlodga moliyaviy savodxonlik asoslarini o‘rgatish bo‘yicha qator samarali tadbirlar o‘tkazilmoqda. AloqaBank tashabbusi bilan Samarqand viloyati, Toyloq tumanidagi 1,2,3,4,6,11,21-sonli umumta’lim maktablarda 5–11-sinf o‘quvchilari uchun “Moliyaviy barqaror kelajak” mavzusida ochiq darslar tashkil etildi.
Ushbu darslarda bank mutaxassislari tomonidan:

- Moliyaviy tushunchalar hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi;
- Interaktiv savol-javoblar, qiziqarli testlar va mini-tanlovlar orqali bilimlar mustahkamlandi;
- Faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.