AloqaBank va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamkorligida 31-oktabrda nishonlanadigan “Butunjahon jamg‘arish kuni” (Global Saving Day) munosabati bilan hududlarda yoshlar orasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan muhim tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar, aholining, xususan, yoshlarning moliyaviy madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan qiziqarli va foydali uchrashuvlar bo‘lib, moliyaviy bilimlarni oshirish uchun katta imkoniyat yaratdi. Mazkur loyiha Farg‘ona shahridagi "Sino tibbiyot texnikumi", Buxoro davlat universiteti va Urganch shahridagi Axborot texnologiyalari universiteti filialining talabalari uchun tashkil etilib, moliyaviy savodxonlikning asosiy jihatlari bo‘yicha qiziqarli va interaktiv taqdimotlar o‘tkazildi. Tadbir davomida yoshlarga jamg‘arish, moliyaviy reja tuzish, zaxira yaratish, aholi omonatlari, bank kartalari va boshqa jamg‘arish vositalari haqida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, jamg‘arish jarayonida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan xavfsizlik choralari ham batafsil yoritildi. Ishtirokchilarga moliyaviy bilimlarini mustahkamlash maqsadida interaktiv o‘yinlar tashkil etilib, ular o‘z bilimlarini sinab ko‘rish va chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. AloqaBank vakillari yoshlarning faol ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida, savollarga to‘g‘ri javob bergan va tadbirda faol qatnashgan yoshlarga esdalik sovg‘alar topshirishdi. Tadbir natijasida yoshlar nafaqat moliyaviy bilimlarini oshirishdi, balki kelajakda o‘z mablag‘larini to‘g‘ri boshqarish va jamg‘arishga ijobiy motivatsiya bilan yondashishga imkoniyat yaratildi. Mazkur tadbirlar moliyaviy savodxonlikni oshirish, yoshlar orasida moliyaviy barqarorlikni kuchaytirish va kelajakda mablag‘larni to‘g‘ri boshqarishga nisbatan ishonchni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi. Bunday sa’y-harakatlar moliyaviy madaniyatni rivojlantirishga hissa qo‘shadi va yoshlarning o‘z kelajagiga ishonch bilan qadam tashlashlarini ta’minlaydi.