“Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasiga start berildi!
“Butunjahon jamg‘arish kuni” doirasida umumta’lim maktab o‘quvchilarini zamonaviy raqamli xizmatlar bozorida oqilona moliyaviy qarorlar qabul qilishga o‘rgatish, moliyaviy barqaror kelajakni barpo etish yo‘lida bank xizmatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Markaziy bank va tijorat banklari bilan hamkorlikda “Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasiga asos solindi.
Mazkur loyiha doirasidagi o‘quv-trening mashg‘ulotlari AloqaBankning mas’ul hodimlari tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumanidagi “Shaxriobod” MFY binosida joylashgan kutubxonada maktab o‘quvchilari uchun o‘tkazildi.
Trening interaktiv master-klass shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar raqamli moliya, jamg‘arma, moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy xavfsizlik kabi dolzarb mavzularda chuqur bilimlarga ega bo‘lishdi.
O‘rganilgan asosiy mavzular: * Moliyaviy rejalashtirish; * Jamg‘arma tushunchasi; * “Moliyaviy yostiqcha” konsepsiyasi; * Moliyaviy savodxonlikning ahamiyati.
Tashkil etilgan mazkur loyiha maktab o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularni raqamli bank xizmatlaridan oqilona foydalanishga undash hamda barqaror moliyaviy kelajak sari dadil qadam tashlashlariga xizmat qilmoqda.