AloqaBank Bosh ofis xodimlari uchun, 21-oktabr kuni — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan o'tgan dam olish kunlari Samarqand shahriga sayohat tashkillashtirildi. Bu tashabbus bank rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xodimlarning dam olish kunlarini samarali va mazmunli o'tkazish, shuningdek, ularni birlashtirish va ish unumdorligini oshirish maqsadida tashkil qilindi. O‘zbek tili milliy boyligimiz, madaniyatimiz va o‘zligimizning aksidir. Bu sayohat xodimlarga boy tariximizni yaqinroq his etish, o‘z tilimizning ahamiyatini chuqurroq anglash imkoniyatini berdi. Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqand shahrining muhim tarixiy obidalari bilan tanishdilar. Dasturda quyidagi manzillar joy olgan: Go’ri Amir – buyuk sarkarda Amir Temur maqbarasi; Registon majmuasi – Markaziy Osiyo me'morchiligining durdonasi; Ulug‘bek observatoriyasi – ilm-fanning yuksalish ramzi; Shoxi Zinda – muqaddas ziyoratgohlar majmuasi; Bibixonim masjidi – tarixiy yodgorlik timsoli. Ushbu sayohat, xodimlarga nafaqat madaniy merosimizni yaqinroq o‘rganish imkonini, balki ularning ish samaradorligini oshirish va bank jamoasini yanada birlashtirishga ham xizmat qildi. Bu kabi tadbirlar AloqaBankda jamoaviy ruhni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.