Mikrobiznes uchun yangi imkoniyatlar: AloqaBankdan “Aloqa Finance Development” mikromoliya tashkiloti!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PQ-364-sonli qarorida tijorat banklariga mikromoliya xizmatlarini kengaytirish vazifasi yuklatilgan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida AloqaBank tomonidan “Aloqa Finance Development mikromoliya tashkiloti” MChJ tashkil etildi.
Mazkur tashkilot quyidagi toifa mijozlarga mikromoliya xizmatlarini taqdim etadi:
• Yakka tartibdagi tadbirkorlar,
• O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar,
• Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan aholi qatlamlari,
• Barcha turdagi kichik va o‘rta biznes subyektlari,
• Jismoniy shaxslar.
Aloqa Finance Development – bu moliyaviy inklyuziyani ta’minlash, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yechim!
Yangi imkoniyatlardan foydalaning va biznesingizni yanada rivojlantiring!