Joriy yil 30-mart kuni "AloqaBank" rahbariyati hamda Navoiy shahar hokimiyating vakillari ishtirokida ochiq suhbat shakilda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab talab va takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida bank xodimlari tomonidan mijozlar bilan ishlash tartibi, 12 turdagi kreditlar hamda mijozlarga bank tomonidan belgilangan imtiyozlar bo‘yicha taqdimotlar o’tkazildi. Kun tartibidagi navbatdagi muhokama — yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilgan holda aholi orasida daromad manbaini ko‘paytirish va mavjud tadbirkorlarning faoliyatini yana-da kengaytirish hamda yangi turdagi loyihalar ustida ishlash bo‘yicha aniq takliflarga bag‘ishlandi.

Ochiq muloqot yakunida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan fikr va muloxazalar, hamda 30 dan ortiq murojaatlar yuzasidan tegishli davlat tashkilotlariga topshiriqlar berildi va nazoratga olindi.

Aloqa LIVE

5.4

5.2

5.1