Mijozbay” ish tashkil etish orqali tadbirkorlar faoliyatiga ko‘mak berilmoqda.
Namangan shahar hokimligida tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot mobaynida, “Obod” MFY hududida joylashgan, “Nazman” tekstil korxonasi rahbari tomonidan kredit so‘rab qilingan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
Nazman” tekstil korxonasida 50 dan ziyod ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, yil mobaynida, ayollar va bolalar uchun mo‘jallangan, 1 mlrd dollarlik issiq kiyim-kechaklar ishlab chiqariladi.
Korxona ta'sischisi bilan muloqot qilgan “AloqaBank” hamda Namangan shahar hokimligi rahbariyati mijozning imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shimcha 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratishi uchun 5 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratilishida ko‘mak berish haqida kelishib olishdi.