“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-sonli Farmoni bilan aholining uy-joyga bo’lgan ehtiyojini qondirish bir qator qulayliklar yaratildi.
Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi (Sahifaga o‘tish).
Agar mijoz xarid qilmoqchi bo‘lgan kvartiraning qiymati Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditining maksimal miqdoridan oshib ketgan taqdirda, kreditning yetmagan qismini bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlarini ajratish orqali moliyalashtirishga ruxsat etildi (Sahifaga o‘tish).
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 25-iyuldagi qaroriga asosan asosiy stavka 0,5 foiz bandga pasaytirilib, 2024-yil 26-iyuldan boshlab yillik 13,5 foiz stavkasida belgilandi.
Shu munosabat bilan, Bank tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlari sharti qayta ko‘rib chiqildi hamda ipoteka kreditlari foizi 2024-yil 26-iyuldan 0,5 foiz bandga pasaytirildi (Sahifaga o‘tish).