Moʻynoq tumanida ishsiz aholini zamonaviy kasb-hunarga oʻqitish markazi tashkil etildi

AloqaBank va Moʻynoq tumani hokimligi hamkorligida «Bir texnikum — bir kasb» dasturi doirasida yangi oʻquv markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Markazda fuqarolar sanoat, muhandislik va ishlab chiqarish sohalarida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitilib, nazariy bilimlar bilan birga amaliy koʻnikmalarni ham egallaydi.

Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarga kasbiy malaka sertifikatlari beriladi hamda ularni yirik sanoat korxonalariga ishga joylashtirishga koʻmaklashiladi.

Loyiha ishsiz fuqarolarning kasbiy salohiyatini oshirish, bandligini taʼminlash va hududda malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

1ded82c8-3fc9-4de9-a3b1-946b0336101f 3e4649d2-3cb9-47c2-87cb-8949027cd4f872cd17b6-505e-4809-9e94-f0c87b859cb87687435b-3111-44c4-bcd6-cba2e5409442 a2babda4-7f8f-4e3a-a29f-319f87ba2a0ae4882f5f-7fb3-4338-9e45-4b05380c7c0