Har bir ğoya — imkoniyat, har bir imkoniyat — yangi natija!
AloqaBank Boşqaruvi raisi örinbosari vazifasini bajaruvçi O. Tursunov Samarqand şahrida aholi va tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
Uçraşuvda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, yangi biznes loyihalarini moliyalaştiriş, mavjud muammolarni hal etiş va aholi bandligini ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, “Hunarmandlar”mahallasida faoliyat yuritayotgan “SMART-SITY MEDIKAL” MÇJning tibbiy xizmatlar kölamini kengaytiriş taşabbusi körib çiqildi. Zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qiliş va statsionar davolaş xizmatlarini yölga qöyiş uçun bino-inşoot sotib olişga zarur kredit mablağlariga bölgan ehtiyoj örganildi.
Bunday loyihalarni qöllab-quvvatlaş yangi iş örinlari yaratiş, aholiga tibbiy xizmat körsatiş imkoniyatlarini kengaytiriş va daromadlarni oşirişga xizmat qiladi.
AloqaBank aholi va tadbirkorlarning istiqbolli taşabbuslarini örganiş hamda ularni amalga oşiriş uçun moliyaviy kömak körsatişda davom etadi.

