30 Avg 2024
Bugun, mamlakatimizning eng ulug‘ bayrami – Mustaqillik kuni arafasida, Markaziy bank Raisi o‘rinbosari Bobir Abubаkirov AloqaBank Boshqaruvi rahbariyatini va AloqaBank Amaliyot boshqarmasini Biznesni rivojlantirish bo’yicha direktori — Jonibek Raxmonkulovni mahallalarda amalga oshirgan samarali ishlari uchun faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
AloqaBankning mahallalarda olib borgan ishlari nafaqat bank sektorida, balki keng jamoatchilik orasida ham yuqori e'tirofga sazovor bo‘ldi. Bankning ijtimoiy mas'uliyatli loyihalari, xususan, aholiga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifati, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda ko‘rsatilgan faoliyati diqqatga sazovor bo‘ldi.
Shu bilan birga, AloqaBank har bir xodimining bu muvaffaqiyatlarda oʻz oʻrni borligini ta’kidlagan holda, bankning jamiyat oldidagi mas'uliyatini yanada kuchaytirishga hissa qo‘shganini alohida ta'kidlash lozim.
Koʻrishlar: 69