Joriy yilning 28—29-noyabr kunlari London shahrida Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashining (UBTIC) 27-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda ikki mamlakatdan o‘zaro savdo va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratgan moliya institutlari, to‘qimachilik sanoatining yirik kompaniyalari, konsalting kompaniyalari, shuningdek, AloqaBank ham ishtirok etmoqda.

Eng yirik bank guruhlaridan biri Societe Generale tashabbusi bilan uning Londondagi ofisida Societe Generale, Standard Chartered, Bank of New York Mellon, JP Morgan singari yirik kompaniyalar, moliya institutlari va banklar bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.