Joriy yilning 16-18 may kunlari Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YеTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Biznes-forumda hukumat amaldorlari, moliyaviy va korporativ yetakchilar, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan. Shuningdek yig’ilishda AT “Aloqabank” Boshqaruv raisi hamda mas’ul vakillari ham ishtirok etgan.
Forumning asosiy mavzusi — barqarorlikka investitsiya kiritish. Uchrashuvlarda YеTTB investitsiya kiritayotgan mamlakatlarning hozirgi geosiyosiy qiyinchiliklarga qarshi qanday turishi muhokama markazida bo‘ldi. Biznes-forumda makroiqtisodiy muhit, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini jalb qilishda xususiy sektor va siyosatchilarning ahamiyati, mintaqalararo aloqalar, iqtisodiy integratsiya, oziq-ovqat xavfsizligi, raqamlashtirish va boshqa mavzularda tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.