Toshkent shahrida joylashgan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda O’zbekistonning barcha tijorat banklari vakillari, shu jumladan, AloqaBank jamoasi ham faol ishtirok etdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PQ-5148-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etilib, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan. AloqaBank jamoasi a’zolari quyidagi sinovlarni uddaburonlik bilan bajarishdi: - Turgan joydan uzunlikka sakrash; - Yugurish (200m, 600m, 1000m, 3000m) - Qo‘llarni cho‘zib turib-o‘tirish; - Arg‘imchada sakrash; - Gimnastika urindigiga tayangan xolda kullarni bukib yozish; - Yerga tayanib qo‘llarni bukish va boshqa turli xil mashqlar. Sport tadbirida ishtirok etish AloqaBank jamoasi uchun nafaqat sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishni namoyish etish, balki jamoa ruhini yanada mustahkamlash imkonini berdi. Yakuniy natijalar haqida tez orada sizni xabardor qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!