Jidda shahrida Islom taraqqiyot bankining 46-yillik anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman doirasida AT "Aloqabank" hamda Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi va Xalqaro savdo-moliya Islom korporatsiyalari vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida mavjud va birgalikda amalga oshiraladigan yangi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokara olib borildi.

Mazkur uchrashuv natijasida AT "Aloqabank" va Islom taraqqiyot banki korporatsiyalari o‘rtasida O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab quvvatlash, yashil moliyalash va energiya tejamkorligiga qaratilgan yangi loyihalarni moliyalashtirish kabi yangi hamkorlik yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Shuningdek, kelgusida yangi hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan, ishlab chiqarishni ham manfaatli moliyalash bo‘yicha rejalar ham muhokama qilindi.