Issiqxonalar — aholi daromadi va bandlik manbai!

Aholi daromadini oshirish, yer resurslaridan samarali foydalanish va mahallalarda yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratish — muhim yo‘nalishlardan biridir.

AloqaBank Boshqaruvi raisi hamda mahalliy hokimlik vakillari Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Janub mash’ali” mahallasida bo‘lib, bir konturda tashkil etilgan issiqxona xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdilar.

Bugungi kunda 11 gektarlik konturda 40 dan ortiq oila 30–50 sotix yer maydonida issiqxona xo‘jaligini yo‘lga qo‘ygan. Natijada oilalar yiliga 60–80 million so‘mgacha qo‘shimcha daromad olishga erishmoqda.

Tashrif davomida ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish, iqlim sharoitiga mos va yuqori hosildor ekin navlarini yetishtirish orqali hosildorlikni 20–25 foizga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, gullaydigan ekinlarni maxsus tukli arilar — shmellar yordamida tabiiy changlatish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Asosiy maqsad — zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, yer resurslaridan samarali foydalanish, oilalar daromadini oshirish va mahallalarda barqaror bandlikni ta’minlash.

1f3dec6b-31e5-4018-b338-566e065bd8a8 2bf26db5-7d1e-4fe7-95a2-e50e3269b400 511674bc-dce2-46b1-af6b-17af26750d6f c88d1f95-6512-49ca-9b14-a9e5799f74da