Profi University” Navoiy filiali va “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar” universitetida AloqaBank Navoiy HKXKM mutaxassislari ishtirokida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar hamda startap loyihalarni tijoratlashtirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz Rahbarining 2025-yil 14-fevral sanasidagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlash, sarmoya jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashuvchi, AloqaBank va AloqaVentures tashabbusi bilan yo’lga qo’yilgan “Startup Garage” loyihasi ham o‘z faoliyatlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi.