19 Sen 2024
“ICTWEEK UZBEKISTAN — 2024” AKT haftaligi doirasida 18-sentabr kuni AloqaBank tomonidan biznesni rivojlantirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga yo‘naltirilgan yangi mahsulotlarning taqdimoti bo’lib o’tdi.
Namoyish etilgan uchta asosiy yangilik: Zoomrad Business, Visa Infinite va AloqaBusiness mahsulotlari bo’ldi. Taqdimot ishtirokchilari ushbu mahsulotlarning innovatsion funksiyalarini batafsil o'rganib, ular bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi.



