Moliyaviy yil yakunlanishi munosabati bilan Zoomrad ilovasida rejalashtirilgan texnik ishlari olib borilishi va shu sababli 30 dekabr soat 00:00dan 08:00ga qadar ilovada omonatlar, konvertatsiya, virtual kartalar ochish va kreditni qaytarish kabi ba'zi xizmatlar ish faoliyatida vaqtincha uzilishlar kuzatishingiz mumkin.

Mijozlarimizga eng yaxshi va xavfsiz onlayn xizmatni taqdim etishga intilamiz va bu kabi texnik ishlar ilovamizga yangi qulayliklarni va imkoniyatlarni tadbiq qilishga yordam beradi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz va yuqorida ko’rsatilgan vaqt ichida sizga mablag'laringiz talab qilinsa, oldindan zarur chora-ishlarni amalga oshirishingizni so'raymiz.

Tushunganingiz va hamkorlik qilishga tayyorligingiz uchun tashakkur.