Jizzax hududidagi tadbirkorlarning investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, loyihalarni ishga tushirish uchun zaruriy mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha reja qilingan chora-tadbirlar borasida bank rahbariyati va 30 taga yaqin tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan kelib tushgan masalalari o'rganilib Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanntirish hamda tumanlarni naʼmunali hududlarga aylantirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish borasida yo'lga qo'yilgan hamkorlikni yana-da kengaytirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha kelishib olindi. Shuningdek, bankning Jizzax Hududiy kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazlarida sayyor qabul o‘tkazildi hamda muammoli kreditlarni qisqartirish va qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.