13 Dek 2024
Joriy yilning 13-dekabr sanasida “Game Changers Visa Awards” — Visa tomonidan O’zbekistondagi hamkor tashkilotlari bilan amalga oshirilgan yutuqlari va yil yakunlari bo’yicha mukofotlar topshirish marosimi o’tkazildi.
Shu jumladan, AloqaBank ham 2ta mukofot: "Visa Premium Cards Launch" va "Best International Authorization Approval Rate"ga sazovor bo’ldi.
AloqaBankda yangi davrning boshlanishi, mijozlarning kundalik moliyaviy faoliyatida, shuningdek, sayohati davomida barcha qulayliklarni his qilish maqsadida ko’plab turli imtiyozlarga ega bo’lgan Visa Infinite Ferz premium kartalari ishga tushirilganligi munosabati bilan "Visa Premium Cards Launch" mukofoti berildi. "Best International Authorization Approval Rate" nominatsiyasi esa, AloqaBank tomonidan emissiya qilingan barcha turdagi Visa xalqaro to’lov kartalari orqali bank mijozlari uchun transchegaraviy operatsiyalarni amalga oshirishlarida yaratilgan qulay imkoniyatlari uchun berildi.
AloqaBank mijozlari uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratish va doimiy rivojlanish yo‘lida o‘z faoliyatini davom ettiradi va barcha mijozlariga bildirilgan ishonch uchun samimiy minnatdorchiligini izhor etadi.