30 Okt 2024
Ekologik kelajak sari: quyosh panellarni sotib olish uchun ajratilgan kreditlar.
Azia Tashkent Business MChJ o‘z faoliyatini 2013 yildan "VERDI" brendi ostida boshlagan bo‘lib, mebel ishlab chiqarish bo‘yicha yurtimizda yetakchi korxonalardan biriga aylangan. 2021-2022 yillarga kelib korxonada 60 nafar xodim mehnat qilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich ikki baravarga oshib, 120 nafar xodimga yetdi. Azia Tashkent Business faoliyatining boshidan buyon AloqaBank bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.
2023-yilda AloqaBank tomonidan Azia Tashkent Business korxonasiga energiya samaradorligini oshirish va atrof-muhitga zarar yetkazmaslik maqsadida quyosh panellari o‘rnatish uchun kredit ajratildi. Ushbu quyosh panellari energiya taqchilligini qoplash va iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishga xizmat qiladi.
AloqaBank zamonaviy yechimlari va texnologik yangiliklarini keng jamoatchilikka taqdim etish maqsadida mijozlari uchun informatsion videoni taqdim etadi.
Quyosh panellari xavfsiz, tejamkor va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan energiya manbai hisoblanadi. Ushbu panellar quyosh nurlaridan olingan yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi, bu esa korxona va uy sharoitida sezilarli energiya tejash imkonini beradi.