"Dolzarb 40 kunlik": Qamashida tomorqadan daromad topayotgan mirishkorlar
"AloqaBank" Boshqaruv raisi Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi "Chim" va "Sohibkor" mahallalarida boʻlib, hududning drayver loyihalari hamda aholi bandligini taʼminlash borasidagi amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrifning eng eʼtiborli manzillaridan biri — Limonchi Toʻxtamurod ota xonadoni boʻldi.
Tajriba va natija:
- 55 sotix maydonda limon yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxona barpo etilgan;
- Toʻgʻri parvarish va yuqori unumdorlik evaziga 1 tub daraxtdan 70–90 kg gacha moʻl hosil olinmoqda;
- Bugungi kunda ushbu tomorqa xoʻjaligi hududdagi eng daromadli va namuna boʻlarli loyihalardan biriga aylangan.
"AloqaBank" joylarda tomorqadan unumli foydalanayotgan mirishkor xonadonlarni qoʻllab-quvvatlash, kichik biznesni rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy loyihalarni izchil davom ettiradi.