8 Sen 2023
Bugun AloqaBank vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etdi. Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini davlat fuqarolik xizmatchilariga yetkazishga bag‘ishlandi.
Konstitutsiya fuqarolarning huquqiy maqomini belgilab beruvchi asosiy hujjat bo‘lganligi sababli mazkur seminar, shubhasiz, katta ahamiyatga ega. Seminar davomida xodimlarimiz davlat xizmatining ahamiyati, Konstitutsiyaga kiritilgan yangi me’yor va o‘zgartirishlar haqida o‘z bilimlarini chuqurlashtirish imkokiyatiga ega bo‘ldilar.

Fursatdan foydalanib, AloqaBank O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga ushbu seminarni tashkil etgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Koʻrishlar: 195