30 Avg 2024
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoniga (https://lex.uz/docs/-6704048) asosan, "Mustaqilllik bayrami" arafasidagi quyidagi kunlar haftalik ish kunidan qat'i nazar dam olish kunlari etib belgilangan:
31-avgust (shanba) — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
1-sentyabr (yakshanba) — Mustaqillik bayrami;
2-sentyabr (dushanba) — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
3-sentyabr (seshanba) — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
AloqaBank mijozlariga bayram va dam olish kunlarida qulaylik yaratish maqsadida bankning HKXKM binosida joylashgan kassalari tomonidan joriy yilning 31-avgust va 1-sentyabr kunlari valyuta ayirboshlash xizmatlari ko‘rsatilishini ma’lum qilamiz.
Batafsil ma'lumot... (https://t.me/aloqabank/3504)
Koʻrishlar: 12