17 Dek 2024
AloqaBank tomonidan Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani "Mevazor" mahallasida 15 gektar maydonda brokkoli karami etishtirish bo‘yicha superloyiha ishga tushirildi.
Ushbu mavsumiy ekin serhosil bo'lib, ikki va undan ortiq hosilni yig'ib olish imkoniyati mavjud. Mazkur loyihani ishga tushirish natijasida 15ta yangi ish o'rin yaratildi.
Ma'lumot uchun:
*Mahsulotni yetishtirish davri davomiyligi: 75 kundan 80 kungacha;
*Mahsulotning o‘rtacha og‘irligi: 0,5 kg dan 1 kg gacha;
Mahsulotni sotish faoliyati quyidagicha tashkillashtirilgan:
- maxsus idishlarga qadoqlanadi;
- muzlatgichlarga joylashtiriladi;
- transport vositalari yordamida mahalliy va xorijiy bozorlarga etkaziladi.
Ushbu loyihani amalga oshirish bilan, hududda yuqori qiymat yaratadigan mahsulot va yangi ish o’rinlarini vujudga kelishiga zamin bo’ldi.
Brokkoli soʻzi italyancha "broccolo" soʻzidan kelib chiqib, "karamning gullaydigan choʻqqisi“ degan maʼnoni anglatadi. Brokkoli karamdoshlar oilasiga kiruvchi yashil oʻsimlik boʻlib, uning katta gullaydigan boshi, poyasi va mayda bogʻlangan barglari sabzavot sifatida isteʼmol qilinadi. Brokkoli "C" va "K" vitaminlarining boy manbai bo'lib, tarkibida oltingugurt, glyukozinolat birikmalari bor.