Diqqat e’lon!

 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024-yil 26-apreldagi 15-21/570-sonli xatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 8-fevralda 3420-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan Bank depozitorlarining Milliy axborot bazasida bank hisobvaraqlarini ochish, boshqa bankka o‘tkazish, yopish, mablaglarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish va ularni qayta tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish tartiblari ko‘rsatilgan.

Shu munosabat bilan, 2024-yil 15-may holatiga Jismoniy shaxslar bo‘yicha AT “Aloqabank”ning ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan bo‘lsada, BDMABda ro‘yxatga olinmagan jismoniy shaxslarga Bank tomonidan SMS-xabarnomalar yuboriladi.

Shunga ko‘ra, hisobvaraqlari BDMABda ro‘yxatdan o‘tmagan jismoniy shaxslar bankga shaxsini tasdiqlovchi xujjat bilan kelgan holda identifikatsiyadan o‘tishlari lozim:

-       rezident shaxs 3 ish kunida;

-       norezident shaxs 7 ish kunida.

Ushbu talab bajarilmagan taqdirda, Bank bazasida mijozlarning hisobvaraqlari hamda bank kartalari yopilib, hisobvaraqlardagi qoldiq mablag‘lari harakatsiz hisobvaraqlarga olib o‘tiladi. Harakatsiz hisobvaraqlarga olib o‘tilgan mablag‘lar mijoz BDMABda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng mijozlarning yozma arizasi asosida ko‘rsatgan xisobvarag‘i (bank kartasi)ga o‘tkazib berilishi mumkin.

Ma’lumot uchun: Kontakt-markazi telefon raqami: +998 71 230-77-77.
Bank xizmat ko‘rsatish markazlari
haqidagi ma’lumot: https://aloqabank.uz/uz/branches/