Barcha bitiruvchi talabalarini ko‘rgazmada faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Joriy yilning 21–23-may kunlari Toshkent shahridagi “Zakovat” arenasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda AloqaBank hamkorligida yirik ish beruvchi korxonalar ishtirokida “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma davomida:

  • AloqaBank mahsulotlari taqdimotlari;
  • Startaplar va innovatsion loyihalar bilan tanishuv;
  • Ish beruvchilar bilan bevosita muloqot va interaktiv dasturlar;
  • Ilm-fan va biznes sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan uchrashuv;
  • “Biznes marafon” loyihasi;
  • Gala-konsert dasturlari tashkil etiladi.

Sana va vaqti: 2025-yil 21-may, 9:00

Manzil: Toshkent shahri, “Zakovat” arena.