5 Noy 2024
AloqaBank Rahbariyati hamda Navoiy HKXKM yosh xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida bank faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
AloqaBankning yosh xodimlari tomonidan bankning operatsion faoliyatini yanada samaradorligini oshirish, amaliyotda kuzatilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat sifatini oshirishga doir takliflar bildirildi. Bundan tashqari, yosh xodimlar o‘zlarining sohadagi bilimlarini chuqurlashtirish, global moliya tendensiyalarini o‘rganish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanib mijozlarga xizmat sifatini yanada yaxshilashlari zarurligi qayd etildi.
Bank rahbariyati yoshlar tomonidan kiritilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlash va ularni muntazam ravishda ko‘rib chiqish uchun rahbariyat va yoshlar o‘rtasida uchrashuvlarni davom ettirish lozimligini belgilandi.