Joriy yilning 21-22 iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi V Milliy konferensiya va Media-forum bo‘lib o‘tmoqda. 

AOKA tashabbusiga ko‘ra 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan har yili tashkil etiladigan mazkur tadbir NKMK bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. 

Tadbirda 130 ziyod matbuot kotiblari ishtirok etmoqda. Milliy konferensiya axborot xizmatlari faoliyatida muhim ahamiyatga ega mavzu va yo‘nalishlardagi panel sessiyalarda davom etadi.