AT “Aloqabank” rasmiy ambassadori Nodirbek Abdusattorov (FIDE reytingi (https://ratings.fide.com/profile/14204118) 2731) joriy yilning 25-29-avgust kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida bo‘lib o‘tadigan rapid yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy jahon chempionatida ishtirok etadi.
Mazkur chempionat Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan o‘tkazib kelinadi. Chempionatning sovrin jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov 2021-yil 26-29-dekabr kunlari Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempionatida jahon chempionlari — Yan Nepomnyashchiy va Magnus Carlsenni magʻlubiyatga uchratib, jahon chempioni bo‘lgandi.
Nodirbek Abdusattorovga ushbu jahon chempionatida omad va g‘alaba tilaymiz!