AT “AloqaBank”ning
“Omad kartasi” aksiyasida ishtirok etish
OMMAVIY OFERTASI
I. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu qoidalar “Omad kartasi” aksiyasini (bundan buyon matnda “Aksiya” deb yuritiladi) o‘tkazish tartibi, shartlari, joyi va muddatlarini belgilab beradi.
1.2. Tashkilotchilar: Aksiyadorlik-tijorat “AloqaBank” (bundan buyon matnda “Bank” deb yuritiladi).
1.3. Aksiya o‘tkaziladigan hudud: Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida, AT “AloqaBank”ning bank tizimida o‘tkaziladi.
1.4. Aksiyaning o‘tkazilish muddati: Aksiya 2024-yilning 17-sentabridan
19-sentabrigacha o‘tkaziladi.
II. Aksiya ishtirokchilari
2.1. Aksiyada 2024-yilning 17-sentabridan 19-sentabrigacha manzili Qoidalarda ko‘rsatilgan AT “AloqaBank” stendida istalgan bank kartasiga buyurtma bergan (“Zoomrad” mobil ilovasidagi virtual bank kartalari bundan mustasno) va “Zoomrad” mobil ilovasida shaxsini tasdiqlagan 16 yoshdan oshgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
2.2. Aksiyada ishtirok etish Aksiya ishtirokchilarining mazkur Qoidalarga to‘liq roziligini bildiradi.
2.3. Mazkur Qoidalarga amal qilmagan Aksiya ishtirokchisi Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish va sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Sovrinni olish uchun Aksiya ishtirokchilari Aksiya o‘tkaziladigan muddat davomida, sovrinning olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar imzolangan paytgacha mazkur Qoidalarga muvofiq o‘zlaridan talab qilinadigan barcha harakatlarni bajarishlari shart.
III. Aksiyada ishtirok etish shartlari
3.1. Aksiyada ishtirok etish uchun ishtirokchi Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, “Barkamol” MFY, Milliy Bog‘ ko‘chasi, 1-chi uy manzilida joylashgan “CAEx Uzbekistan”dagi “AloqaBank”ning stendida istalgan bank kartasiga buyurtma berishi, “Zoomrad” mobil ilovasida shaxsini tasdiqlashi va ishtirokchilar uchun maxsus kartochkani to‘ldirib, maxsus muxrlangan lototronga tashlashlari kerak.
3.2. 2024-yil 17-sentabrdan 19-sentabrgacha har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Bank stendida istalgan bank kartasiga buyurtma bergan (“Zoomrad” mobil ilovasidagi virtual bank kartalari bundan mustasno) har bir mijoz avtomatik tarzda Aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
3.3. Mijoz aksiyada buyurtma qilingan bank kartalariga teng nisbatda qatnashishi mumkin.
3.4. Bank xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari va oila a’zolari aksiyada ishtirok eta olmaydilar.
IV. Sovrin jamg‘armasi
4.1. Sovrinlar fondi 3ta MacBook Pro 14, IPad Pro 11 va Iphone 14 Prodan iborat.
4.2. Mazkur Aksiya bo‘yicha yutuq (yutuqlar)ni olish munosabati bilan yuzaga kelgan barcha tegishli soliqlar va majburiy to‘lovlar Bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda mustaqil ravishda to‘lanadi.
4.3. G‘oliblar sovrinni almashtirishni talab qilish yoki yutuqning pul qiymatini talab qilish, qiymatdagi farqni qo‘shimcha to‘lab berish yoki qaytarib olish sharti bilan sovrinni boshqa yuqoriroq yoki pastroq qiymatdagisiga almashtirishni talab qilish huquqiga ega emaslar.
V. Aksiyani o‘tkazish va sovrinning o‘ynalishi tartibi
5.1. 2024-yilning 17-sentabridan 19-sentabrigacha bo‘lgan muddatda mazkur Qoidalarga muvofiq bank stendida bank kartalariga buyurtma bergan va “Zoomrad” mobil ilovasida shaxsini tasdiqlagan mijozlar sovrinlar o‘yini ishtirokchilariga aylanadilar. Sovrinlar o‘yini 2024-yilning 19-sentabrida bo‘lib o‘tadi.
5.2. Ushbu Aksiya bo‘yicha o‘yin g‘oliblari maxsus muhrlangan “Lotatron”dan tanlab olish orqali aniqlanadi. Tanlab oluvchi ixtiyoriy mehmonni jalb qilish yo‘li bilan aniqlanadi.
5.3. Bank aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, baxsli holatlar yoki sovrinni topshirish holatlari bundan mustasno.
5.4. Aksiyada ishtirok etish ishtirokchilarning o‘z ism-shariflari, familiyalari, fotosuratlari va ular haqidagi boshqa materiallardan Bank tomonidan ularga hech qanday haq to‘lamagan holda reklama maqsadlarida foydalanilishi mumkinligiga o‘z roziligini berishini anglatadi.
5.5. Bank o‘z xohishiga ko‘ra ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish huquqini ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kuchga kirishidan 1 (bir) ish kuni oldin www.aloqabank.uz veb-saytida bu haqida e’lon joylashtirish sharti bilan o‘zida saqlab qoladi. Bank sovrin ro‘yxati va miqdorini o‘zgartirish yoki kengaytirish, shuningdek, o‘yin o‘tkazilish muddatini o‘zgartirish huquqiga ega. Bank Ishtirokchining Aksiyada ishtirok etishi bilan bog‘liq zararlari, xarajatlari va boshqa sarflarini qoplab yoki to‘lab bermaydi.
5.6. Bank yutuq sohibi tomonidan sovrindan foydalanish davrida uning salomatligiga (hayotiga), shuningdek uchinchi shaxslarning mol-mulkiga, salomatligiga yoki hayotiga yetadigan har qanday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
5.7. Mazkur aksiya davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar ixtiyoriy ravishda va o‘zaro bir-birini tushunish asosida Bank va Ishtirokchi o‘rtasida muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal qilinadi. Agar kelishuvga erishilmasa, nizo sud tartibida ko‘rib chiqilishi kerak.
5.8. Bank “Lotatron” uskunasidan foydalangan holda g‘oliblarni aniqlaydi, shuningdek asosiy g‘olib sovrinni rad etgan va/yoki ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan muddatda sovrinni olmagan taqdirda g‘olib deb tanlash uchun zaxira nomzodlari sifatida qo‘shimcha g‘oliblar soniga teng miqdorda zaxira g‘oliblarini aniqlaydi.
5.9. Agar Asosiy g‘olib sovrinni rad etsa, sovrin zaxira nomzodiga topshiriladi. Agar birinchi zaxira nomzodi sovrinni rad etsa yoki uni o‘z vaqtida olmasa, sovrin ikkinchi zaxira nomzodiga topshiriladi.
5.10. Agar asosiy g‘olib va 2ta zaxira nomzod sovrinni rad etsa va/yoki uni o‘z vaqtida olmasa, unda Bank qaroriga asosan mazkur Qoidalarning 5.8-5.9-bandlarida nazarda tutilgan tartibda g‘oliblar muqobil ravishda aniqlanadi.
5.11. Agar g‘oliblarni muqobil ravishda aniqlash natijasiga ko‘ra sovrin uni rad etilishi va/yoki o‘z vaqtida olinmasligi natijasida topshirilmay qolsa, u holda Bank sovrinni keyingi yutuqli o‘yin uchun, uni mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda g‘olibga amalda topshirilgunga qadar o‘zida qoldiradi.
5.12. Aksiya natijalariga ko‘ra g‘oliblarni aniqlash tartibi Bank bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va Bank Boshqaruvi a’zolari tomonidan imzolanadi. G‘oliblarning nomi Bankning rasmiy korporativ veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
5.13. Aksiya g‘oliblariga Bank SMS-xabarnoma yuboradi yoki g‘olib bilan bank kartasi bog‘langan telefon raqami orqali bog‘lanadi.
VI. Sovrinlarni olish tartibi va muddatlari
6.1. Aksiya g‘oliblariga sovrinlarni tantanali ravishda topshirish Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Barkamol” MFY, Milliy Bog‘ ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazma majmuasidagi “ICT Week 2024” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi ko‘rgazmasi doirasida “AloqaBank” ko‘rgazma stendi yonida g‘olib tomonidan pasportning asl nusxasini taqdim etish va sovrinni topshirish bilan bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarni imzolash sharti bilan amalga oshiriladi.
6.2. Sovrinlar g‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda va ma’lumotlar to‘liq mos kelgandan song topshiriladi.
6.3. Bank O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatini oladi.
6.4. G‘olib sovrinlar yutilganligi to‘g‘risida xabardor qilinganida, Bank sovrinni olish kerak bo‘lgan muddat va g‘olib tomonidan belgilangan muddatda sovrinni olmaslik oqibatlari to‘g‘risida g‘olibni xabardor qiladi. Agar g‘olib uzrli sabablarga ko‘ra Bank tomonidan belgilangan muddatda sovrinni ololmasa, unda g‘olibga u sovrinni olishi mumkin bo‘lgan oxirgi muddat to‘g‘risida xabar berish kerak, bunda, muddat g‘olib sovrin yutganligi to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab 20 kalendar kundan oshmasligi kerak.
6.5. Sovrinlar g‘olibga u va Bankning vakolatli vakili tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida topshiriladi.
6.6. Bankning sovrinni ishtirokchiga topshirish bo‘yicha majburiyatlari sovrinlar ishtirokchiga topshirilgan va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi.
6.7. Sovringa egalik huquqi sovrin topshirilgan paytdan boshlab g‘olibga o‘tadi.
6.8. Sovrinlarni topshirish jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda tantanali ommaviy tadbir sifatida tashkil etilishi mumkin.
6.9. Bank sovrinlardan foydalanish natijasida sovrin egalarining sog‘lig‘iga (hayotiga), shuningdek, uchinchi shaxslarning mol-mulkiga, sog‘lig‘iga yoki hayotiga yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
VII. Aksiya ishtirokchilarini aksiyani o‘tkazish shartlari, aksiyani ma’lum muddatga to‘xtatish yoki muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida xabardor qilish tartibi
7.1. Aksiya ishtirokchilari aksiyani o‘tkazish shartlari va tartibi to‘g‘risida internetda ma’lumotlarni joylashtirish orqali xabardor qilinadilar.
7.2. Ushbu aksiya to‘g‘risida batafsil ma’lumot, shuningdek aksiya Qoidalari bankning www.aloqabank.uz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.
7.3. Aksiya haqidagi batafsil ma’lumotni bankning uzluksiz aloqa kanali orqali olish mumkin: (+998 71) 230-7777.
7.4. Aksiya muddatidan oldin tugatilgan, uni o‘tkazish muddati uzaytirilgan yoki Qoidalari o‘zgartirilgan taqdirda tegishli ma’lumotlar bankning www.aloqabank.uz veb-saytida joylashtiriladi.